Abkelyamov Nariman

Abkelyamov Nariman Nasirovich — Katta leytenant

Surxondaryo tog‘larida hujumni boshqarib dushman kuchlarini tor-mor qildi, halok bo‘lib jasorat ko‘rsatdi.

1971-yil 25-fevral kuni tug‘ilgan.

Vatan osoyishtaligi, xalq farovonligi uchun jonidan kechgan, o‘z xizmat va konstitutsiyaviy burchiga, Harbiy qasamyodiga sodiq bo‘lib, yurti va xalqi uchun ko‘kragini qalqon qilgan, jasorat ko‘rsatib, dushmanga tik boqqan o‘g‘lonlardan biri katta leytenant Nariman Abkelyamov ham Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida bir guruh xalqaro terrorchi tahdidini qaytarishdagi janglarda faol ishtirok etdi.

2000-yil 19-avgust kuni jangarilar bazalariga havodan turib zarba berish harakatlarida Mi-8 vertolyotidan dushman guruhiga o‘q yomg‘irini yog‘dirib, katta talafot yetkazishda jasorat namunalarini ko‘rsatdi. Biroq jangarilar tomonidan otilgan o‘q vertolyotning o‘ng dvigateliga jiddiy shikast yetkazdi. Boshqaruvni yo‘qotgan vertolyotni yerga qo‘ndirish vaqtida katta leytenant Nariman Abkelyamov og‘ir jarohat olib, halok bo‘ldi.

Uning ko‘rsatgan jasorati, qahramonliklari mustaqillik havosidan nafas olib ulg‘ayayotgan yosh avlodga katta o‘rnak, namunadir. Bunday jasorat, yurtga bo‘lgan muhabbat, kasbga bo‘lgan fidoyilik yoshlarimiz qalbida harbiylik kasbiga havas uyg‘otib, Vatan himoyasiga kamarbasta bo‘lishga undamoqda.

Loyiha Yillar Qahramonlar Xotira devori Xotira burchagi
O‘zbekiston Mudofaasi Qahramonlari

VATAN — AZIZ, JASORAT — MANGU

Xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan 28 harbiy xizmatchi. 28 ism. 28 taqdir. Bitta Vatan.

Pastga
28
qahramon
1999 — 2013
Loyiha haqida

Ular yurt tinchligi uchun jonini fido qildi. Biz ularning nomini saqlaymiz.

Mustaqillik yillarida xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi janglarda, Andijon voqealarida va davlat chegarasini qo‘riqlashda 28 nafar harbiy xizmatchi xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Ularning portretlari umumta’lim maktablaridagi «Xotira burchaklari»da turadi. Ushbu sayt — o‘sha xotira burchaklarining raqamli davomi: har bir qahramon haqida to‘liq ma’lumot, jasorat tarixi va u haqida saqlanib qolgan xotira.

0qahramon
0jangovar operatsiya
0ko‘cha va maktab ularning nomida
14.01Vatan himoyachilari kuni

«Orqamda Vatanim, xalqim va millatim turibdi. Men ularning himoyachisi, o‘zbegimning Ulug‘begiman!»

— Starshina Ulug‘bek Barnoyev yondaftaridan, 2000-yil
Jasorat yilnomasi

1999 — 2013

Gorizontal aylantiring yoki scroll qiling

28 qahramon

Har bir ism — bir taqdir

Xotira devori

Maktablar uchun yagona standart

Har bir umumta’lim maktabi uchun tayyorlangan «Xotira burchagi» stendi: 28 portret, unvon, tug‘ilgan yil, jasorat tavsifi va QR-kod orqali ushbu saytga o‘tish.

Xotira devori — 28 qahramon
Xotira burchagi

Portretlar maktablarga qaytmoqda

Yillar davomida maktablardagi xotira burchaklaridagi portretlar eskirdi, rangi o‘chdi. Bu loyiha qahramonlar oilalari tashabbusi bilan boshlandi: har bir qahramonning portreti qayta tiklandi, tarixi aniqlashtirildi va zamonaviy, yagona standartdagi stend ishlab chiqildi.

Maqsad — respublikadagi har bir maktabda qahramonlar xotirasi munosib e’zozlanishi va yosh avlod ularning ismini bilib ulg‘ayishi.

  • Tiklangan portretlar va tekshirilgan tarjimai hollar
  • Yagona dizayn: qorong‘i va yorug‘ variant
  • QR-kod orqali to‘liq ma’lumot