Ashirov Shermuhammad

Ashirov Shermuhammad Ergashaliyevich — Katta leytenant

Zarar ko‘rgan vertolyotni qo‘ndirishga urinib, ekipajni qutqarib halok bo‘ldi.

1975-yil 23-yanvar kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. 1999-yilda Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini bitirgan.

Katta leytenant Sh. Ashirov 2000-yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida Vatanimizga suqilib kirgan xalqaro terrorchi jangari to‘dalarga qarshi kurashda dushman joylashgan bazalarni qidirib topish va havodan turib yakson qilish bo‘yicha jangovar vazifani bajarishda faol ishtirok etdi.

Katta leytenant Sh. Ashirov uchuvchi-shturman tarkibida bo‘lgan vertolyot ekipajiga navbatdagi jangovar topshiriq berildi. Mamlakat mustaqilligi va el tinchligini saqlashni muqaddas burch deb bilgan Shermuhammad ham bu topshiriqni bajarishga jiddiy kirishdi. Mi-8 jangovar vertolyot ekipaji tog‘li hududning qiyin sharoitida jangarilar guruhini aniqlab, uni yakson qilib, katta talafot yetkazdi. Lekin jangarilar tomonidan otilgan avtomat o‘qi vertolyotning o‘ng dvigateliga jiddiy shikast yetkazdi. Boshqaruvni yo‘qotgan vertolyotni yerga qo‘ndirish vaqtida o‘zbekning lochini — Shermuhammad Ashirov qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Katta leytenant Shermuhammad Ashirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan mukofotlandi.

Loyiha Yillar Qahramonlar Xotira devori Xotira burchagi
O‘zbekiston Mudofaasi Qahramonlari

VATAN — AZIZ, JASORAT — MANGU

Xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan 28 harbiy xizmatchi. 28 ism. 28 taqdir. Bitta Vatan.

Pastga
28
qahramon
1999 — 2013
Loyiha haqida

Ular yurt tinchligi uchun jonini fido qildi. Biz ularning nomini saqlaymiz.

Mustaqillik yillarida xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi janglarda, Andijon voqealarida va davlat chegarasini qo‘riqlashda 28 nafar harbiy xizmatchi xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Ularning portretlari umumta’lim maktablaridagi «Xotira burchaklari»da turadi. Ushbu sayt — o‘sha xotira burchaklarining raqamli davomi: har bir qahramon haqida to‘liq ma’lumot, jasorat tarixi va u haqida saqlanib qolgan xotira.

0qahramon
0jangovar operatsiya
0ko‘cha va maktab ularning nomida
14.01Vatan himoyachilari kuni

«Orqamda Vatanim, xalqim va millatim turibdi. Men ularning himoyachisi, o‘zbegimning Ulug‘begiman!»

— Starshina Ulug‘bek Barnoyev yondaftaridan, 2000-yil
Jasorat yilnomasi

1999 — 2013

Gorizontal aylantiring yoki scroll qiling

28 qahramon

Har bir ism — bir taqdir

Xotira devori

Maktablar uchun yagona standart

Har bir umumta’lim maktabi uchun tayyorlangan «Xotira burchagi» stendi: 28 portret, unvon, tug‘ilgan yil, jasorat tavsifi va QR-kod orqali ushbu saytga o‘tish.

Xotira devori — 28 qahramon
Xotira burchagi

Portretlar maktablarga qaytmoqda

Yillar davomida maktablardagi xotira burchaklaridagi portretlar eskirdi, rangi o‘chdi. Bu loyiha qahramonlar oilalari tashabbusi bilan boshlandi: har bir qahramonning portreti qayta tiklandi, tarixi aniqlashtirildi va zamonaviy, yagona standartdagi stend ishlab chiqildi.

Maqsad — respublikadagi har bir maktabda qahramonlar xotirasi munosib e’zozlanishi va yosh avlod ularning ismini bilib ulg‘ayishi.

  • Tiklangan portretlar va tekshirilgan tarjimai hollar
  • Yagona dizayn: qorong‘i va yorug‘ variant
  • QR-kod orqali to‘liq ma’lumot