Ganiev Bobirjon

G‘aniyev Bobirjon Abdulhamidovich — Leytenant

Yosh ofitser tog‘ jangida bo‘linmasini boshqarib dushmanni tor-mor qildi, halok bo‘ldi.

1977-yil 14-oktabr kuni Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakultetini bitirgan.

2000-yil 4-avgust kuni Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi jangari to‘dalarga qarshi harbiy vertolyotlardan berilgan shiddatli zarbadan so‘ng hududni tozalash ishlari boshlandi. Guruh komandirining o‘rinbosari leytenant Bobirjon G‘aniyev berilgan vazifani o‘ta hushyorlik bilan bajarishga kirishdi. Terrorchilar pistirmasini sezgan Bobirjon tezkor qaror qabul qilib, qulay pozitsiyani egallab, jangga kirishdi va safdoshlari bilan bir necha jangarini yakson qildi.

Jangda leytenant B. G‘aniyev yaralangan bo‘lsa-da, dushman bilan jangni davom ettirib, safdoshlariga chakalakzorda jangovar pozitsiyani egallashlari uchun yaqindan yordam berib, dushmanni halqa ichidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Yosh ofitser uchun bu birinchi va oxirgi jang bo‘ldi — Bobirjon qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Leytenant Bobirjon G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 25-avgustdagi farmoniga asosan milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan mukofotlandi. Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi ko‘chalardan biriga uning nomi berildi.

Loyiha Yillar Qahramonlar Xotira devori Xotira burchagi
O‘zbekiston Mudofaasi Qahramonlari

VATAN — AZIZ, JASORAT — MANGU

Xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan 28 harbiy xizmatchi. 28 ism. 28 taqdir. Bitta Vatan.

Pastga
28
qahramon
1999 — 2013
Loyiha haqida

Ular yurt tinchligi uchun jonini fido qildi. Biz ularning nomini saqlaymiz.

Mustaqillik yillarida xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi janglarda, Andijon voqealarida va davlat chegarasini qo‘riqlashda 28 nafar harbiy xizmatchi xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Ularning portretlari umumta’lim maktablaridagi «Xotira burchaklari»da turadi. Ushbu sayt — o‘sha xotira burchaklarining raqamli davomi: har bir qahramon haqida to‘liq ma’lumot, jasorat tarixi va u haqida saqlanib qolgan xotira.

0qahramon
0jangovar operatsiya
0ko‘cha va maktab ularning nomida
14.01Vatan himoyachilari kuni

«Orqamda Vatanim, xalqim va millatim turibdi. Men ularning himoyachisi, o‘zbegimning Ulug‘begiman!»

— Starshina Ulug‘bek Barnoyev yondaftaridan, 2000-yil
Jasorat yilnomasi

1999 — 2013

Gorizontal aylantiring yoki scroll qiling

28 qahramon

Har bir ism — bir taqdir

Xotira devori

Maktablar uchun yagona standart

Har bir umumta’lim maktabi uchun tayyorlangan «Xotira burchagi» stendi: 28 portret, unvon, tug‘ilgan yil, jasorat tavsifi va QR-kod orqali ushbu saytga o‘tish.

Xotira devori — 28 qahramon
Xotira burchagi

Portretlar maktablarga qaytmoqda

Yillar davomida maktablardagi xotira burchaklaridagi portretlar eskirdi, rangi o‘chdi. Bu loyiha qahramonlar oilalari tashabbusi bilan boshlandi: har bir qahramonning portreti qayta tiklandi, tarixi aniqlashtirildi va zamonaviy, yagona standartdagi stend ishlab chiqildi.

Maqsad — respublikadagi har bir maktabda qahramonlar xotirasi munosib e’zozlanishi va yosh avlod ularning ismini bilib ulg‘ayishi.

  • Tiklangan portretlar va tekshirilgan tarjimai hollar
  • Yagona dizayn: qorong‘i va yorug‘ variant
  • QR-kod orqali to‘liq ma’lumot