Juraev Bahrom

Jo‘rayev Bahrom Ulug‘bekovich — Kapitan

Keyingi operatsiyada bo‘linmasini boshqarib xavfsizlikni ta’minladi, halok bo‘ldi.

1979-yil 21-noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

2005-yil may oyida bir to‘da ekstremistik kuchlar tomonidan Andijonda sodir bo‘lgan voqealarda kapitan Bahrom Jo‘rayev fidoyilik namunalarini ko‘rsatdi. Uning mardligi va jasorati jang vaziyatining keskin o‘zgarishida, bir guruh terrorchi egallab olgan Andijon viloyati ma’muriy binosini ishg‘ol qilish va jangarilarni yakson etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Kapitan Jo‘rayev 13-may kuni o‘z zimmasiga katta mas’uliyat olib, terrorchi to‘dalar boshlig‘i bilan muzokara olib borish yo‘llarini izlaydi. Maqsadi — qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik edi. Lekin dushman snayperi tomonidan otilgan o‘q uning yosh umrini xazon qildi. O‘z xizmat burchini mardonavor ado etgan kapitan Bahrom Jo‘rayev jangovar harakatlar vaqtida qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Vatanimizning asl o‘g‘lonlari nelarga qodir ekanligini o‘z matonati va jasurligi bilan isbot etgan kapitan Bahrom Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yildagi farmoniga asosan xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan mukofotlandi.

Loyiha Yillar Qahramonlar Xotira devori Xotira burchagi
O‘zbekiston Mudofaasi Qahramonlari

VATAN — AZIZ, JASORAT — MANGU

Xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan 28 harbiy xizmatchi. 28 ism. 28 taqdir. Bitta Vatan.

Pastga
28
qahramon
1999 — 2013
Loyiha haqida

Ular yurt tinchligi uchun jonini fido qildi. Biz ularning nomini saqlaymiz.

Mustaqillik yillarida xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi janglarda, Andijon voqealarida va davlat chegarasini qo‘riqlashda 28 nafar harbiy xizmatchi xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Ularning portretlari umumta’lim maktablaridagi «Xotira burchaklari»da turadi. Ushbu sayt — o‘sha xotira burchaklarining raqamli davomi: har bir qahramon haqida to‘liq ma’lumot, jasorat tarixi va u haqida saqlanib qolgan xotira.

0qahramon
0jangovar operatsiya
0ko‘cha va maktab ularning nomida
14.01Vatan himoyachilari kuni

«Orqamda Vatanim, xalqim va millatim turibdi. Men ularning himoyachisi, o‘zbegimning Ulug‘begiman!»

— Starshina Ulug‘bek Barnoyev yondaftaridan, 2000-yil
Jasorat yilnomasi

1999 — 2013

Gorizontal aylantiring yoki scroll qiling

28 qahramon

Har bir ism — bir taqdir

Xotira devori

Maktablar uchun yagona standart

Har bir umumta’lim maktabi uchun tayyorlangan «Xotira burchagi» stendi: 28 portret, unvon, tug‘ilgan yil, jasorat tavsifi va QR-kod orqali ushbu saytga o‘tish.

Xotira devori — 28 qahramon
Xotira burchagi

Portretlar maktablarga qaytmoqda

Yillar davomida maktablardagi xotira burchaklaridagi portretlar eskirdi, rangi o‘chdi. Bu loyiha qahramonlar oilalari tashabbusi bilan boshlandi: har bir qahramonning portreti qayta tiklandi, tarixi aniqlashtirildi va zamonaviy, yagona standartdagi stend ishlab chiqildi.

Maqsad — respublikadagi har bir maktabda qahramonlar xotirasi munosib e’zozlanishi va yosh avlod ularning ismini bilib ulg‘ayishi.

  • Tiklangan portretlar va tekshirilgan tarjimai hollar
  • Yagona dizayn: qorong‘i va yorug‘ variant
  • QR-kod orqali to‘liq ma’lumot