Mirzaev Asilbek

Mirzayev Asilbek Rustamovich — Katta leytenant

Navbatdagi operatsiyada jang pozitsiyasini egallab dushmanni tor-mor qildi, halok bo‘ldi.

1975-yil 30-mart kuni Andijon viloyatining Chinobod shahrida tug‘ilgan. 1997-yilda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini bitirgan.

2000-yil 16-sentabr kuni u Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi jangari to‘dalarni qidirish va ularni yo‘q qilish bo‘yicha desant-ishg‘ol harakatlarini bajarayotgan vaqtda jangda qahramonlarcha halok bo‘ldi. Biroq uning Vatanimiz mustaqilligi va xalqimizning osoyishtaligini saqlash yo‘lidagi mardona va fidoyi xizmati, terrorchi jangari guruhlarni yakson qilishdagi jasoratlari bugun voyaga yetayotgan yangi avlod uchun vatanparvarlikning asl namunasi o‘laroq, tarix sahifalariga bitildi.

Andijon viloyati, Baliqchi tumanidagi ko‘chalardan biriga Asilbek Mirzayev nomi berildi.

Loyiha Yillar Qahramonlar Xotira devori Xotira burchagi
O‘zbekiston Mudofaasi Qahramonlari

VATAN — AZIZ, JASORAT — MANGU

Xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan 28 harbiy xizmatchi. 28 ism. 28 taqdir. Bitta Vatan.

Pastga
28
qahramon
1999 — 2013
Loyiha haqida

Ular yurt tinchligi uchun jonini fido qildi. Biz ularning nomini saqlaymiz.

Mustaqillik yillarida xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi janglarda, Andijon voqealarida va davlat chegarasini qo‘riqlashda 28 nafar harbiy xizmatchi xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Ularning portretlari umumta’lim maktablaridagi «Xotira burchaklari»da turadi. Ushbu sayt — o‘sha xotira burchaklarining raqamli davomi: har bir qahramon haqida to‘liq ma’lumot, jasorat tarixi va u haqida saqlanib qolgan xotira.

0qahramon
0jangovar operatsiya
0ko‘cha va maktab ularning nomida
14.01Vatan himoyachilari kuni

«Orqamda Vatanim, xalqim va millatim turibdi. Men ularning himoyachisi, o‘zbegimning Ulug‘begiman!»

— Starshina Ulug‘bek Barnoyev yondaftaridan, 2000-yil
Jasorat yilnomasi

1999 — 2013

Gorizontal aylantiring yoki scroll qiling

28 qahramon

Har bir ism — bir taqdir

Xotira devori

Maktablar uchun yagona standart

Har bir umumta’lim maktabi uchun tayyorlangan «Xotira burchagi» stendi: 28 portret, unvon, tug‘ilgan yil, jasorat tavsifi va QR-kod orqali ushbu saytga o‘tish.

Xotira devori — 28 qahramon
Xotira burchagi

Portretlar maktablarga qaytmoqda

Yillar davomida maktablardagi xotira burchaklaridagi portretlar eskirdi, rangi o‘chdi. Bu loyiha qahramonlar oilalari tashabbusi bilan boshlandi: har bir qahramonning portreti qayta tiklandi, tarixi aniqlashtirildi va zamonaviy, yagona standartdagi stend ishlab chiqildi.

Maqsad — respublikadagi har bir maktabda qahramonlar xotirasi munosib e’zozlanishi va yosh avlod ularning ismini bilib ulg‘ayishi.

  • Tiklangan portretlar va tekshirilgan tarjimai hollar
  • Yagona dizayn: qorong‘i va yorug‘ variant
  • QR-kod orqali to‘liq ma’lumot