Otadjonov Elomon

Otajonov Elomon Xolmurodovich — Katta serjant

Pozitsiyani tark etmay safdoshlarini rag‘batlantirib kurashdi, halok bo‘ldi.

1978-yil 17-sentabr kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmatni boshlagan.

Katta serjant E. Otajonov 2000-yil Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida bo‘lgan jangovar harakatlarda minomyotchilar guruhi raschyot komandiri lavozimida terrorchilarga qarshi mardonavor jang olib bordi. 14-avgust kuni razvedka-qidiruv harakatlari olib borilayotgan vaqtda dushman pistirmasidan otilgan o‘q uni yaraladi. Shunga qaramay, katta serjant E. Otajonov yarador holida dushman joylashgan hududning oriyentiri va ularning pozitsiyasini yakson qilish bo‘yicha o‘z komandiriga nishon ko‘rsatmasi berishga ulgurdi. Uning ko‘rsatmalari bilan jangarilar guruhi yakson etildi. Dushman tomonidan uzilgan ikkinchi o‘q Elomon ahvolini og‘irlashtirdi. Shunday holatda ham Elomon safdoshlarini ruhan qo‘lladi, ularni g‘alaba sari undadi va qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Katta serjant Elomon Otajonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 25-avgustdagi farmoniga asosan xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun «Jasorat» medali bilan mukofotlandi. Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani ko‘chalaridan biri bugun Elomon Otajonov nomi bilan ataladi.

Loyiha Yillar Qahramonlar Xotira devori Xotira burchagi
O‘zbekiston Mudofaasi Qahramonlari

VATAN — AZIZ, JASORAT — MANGU

Xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan 28 harbiy xizmatchi. 28 ism. 28 taqdir. Bitta Vatan.

Pastga
28
qahramon
1999 — 2013
Loyiha haqida

Ular yurt tinchligi uchun jonini fido qildi. Biz ularning nomini saqlaymiz.

Mustaqillik yillarida xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi janglarda, Andijon voqealarida va davlat chegarasini qo‘riqlashda 28 nafar harbiy xizmatchi xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Ularning portretlari umumta’lim maktablaridagi «Xotira burchaklari»da turadi. Ushbu sayt — o‘sha xotira burchaklarining raqamli davomi: har bir qahramon haqida to‘liq ma’lumot, jasorat tarixi va u haqida saqlanib qolgan xotira.

0qahramon
0jangovar operatsiya
0ko‘cha va maktab ularning nomida
14.01Vatan himoyachilari kuni

«Orqamda Vatanim, xalqim va millatim turibdi. Men ularning himoyachisi, o‘zbegimning Ulug‘begiman!»

— Starshina Ulug‘bek Barnoyev yondaftaridan, 2000-yil
Jasorat yilnomasi

1999 — 2013

Gorizontal aylantiring yoki scroll qiling

28 qahramon

Har bir ism — bir taqdir

Xotira devori

Maktablar uchun yagona standart

Har bir umumta’lim maktabi uchun tayyorlangan «Xotira burchagi» stendi: 28 portret, unvon, tug‘ilgan yil, jasorat tavsifi va QR-kod orqali ushbu saytga o‘tish.

Xotira devori — 28 qahramon
Xotira burchagi

Portretlar maktablarga qaytmoqda

Yillar davomida maktablardagi xotira burchaklaridagi portretlar eskirdi, rangi o‘chdi. Bu loyiha qahramonlar oilalari tashabbusi bilan boshlandi: har bir qahramonning portreti qayta tiklandi, tarixi aniqlashtirildi va zamonaviy, yagona standartdagi stend ishlab chiqildi.

Maqsad — respublikadagi har bir maktabda qahramonlar xotirasi munosib e’zozlanishi va yosh avlod ularning ismini bilib ulg‘ayishi.

  • Tiklangan portretlar va tekshirilgan tarjimai hollar
  • Yagona dizayn: qorong‘i va yorug‘ variant
  • QR-kod orqali to‘liq ma’lumot