Vasilev Ravil

Vasilev Ravil Rashidovich — Kapitan

Jangarilarni yakson etib hujumni to‘xtatdi, Vatanini himoya qilib halok bo‘ldi.

1965-yil 26-oktabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan.

Kapitan R. Vasilev 1999-yilning noyabrida Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qurollangan jangarilar to‘dasini qidirib topish va yakson qilish maqsadida tuzilgan ishg‘ol guruhiga komandir etib tayinlandi. Jangarilar yashiringan ko‘p qavatli bino qurshab olingach, kapitan R. Vasilev tomonidan «Taslim bo‘linglar!» degan buyruq berildi. Ammo bunga javoban jangarilar tomonidan o‘q uzish bilan javob qaytarilgach, ularni yakson qilishga qaror qabul qildi. Olib borilgan qisqa jang davomida qurollangan jangarilar to‘liq yakson qilindi. Jasur va mardonavor harakat olib borgan kapitan R. Vasilev dushman o‘qidan yaralanganligi oqibatida xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Kapitan Ravil Vasilev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun «Jasorat» medali bilan taqdirlandi.

Loyiha Yillar Qahramonlar Xotira devori Xotira burchagi
O‘zbekiston Mudofaasi Qahramonlari

VATAN — AZIZ, JASORAT — MANGU

Xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan 28 harbiy xizmatchi. 28 ism. 28 taqdir. Bitta Vatan.

Pastga
28
qahramon
1999 — 2013
Loyiha haqida

Ular yurt tinchligi uchun jonini fido qildi. Biz ularning nomini saqlaymiz.

Mustaqillik yillarida xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi janglarda, Andijon voqealarida va davlat chegarasini qo‘riqlashda 28 nafar harbiy xizmatchi xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Ularning portretlari umumta’lim maktablaridagi «Xotira burchaklari»da turadi. Ushbu sayt — o‘sha xotira burchaklarining raqamli davomi: har bir qahramon haqida to‘liq ma’lumot, jasorat tarixi va u haqida saqlanib qolgan xotira.

0qahramon
0jangovar operatsiya
0ko‘cha va maktab ularning nomida
14.01Vatan himoyachilari kuni

«Orqamda Vatanim, xalqim va millatim turibdi. Men ularning himoyachisi, o‘zbegimning Ulug‘begiman!»

— Starshina Ulug‘bek Barnoyev yondaftaridan, 2000-yil
Jasorat yilnomasi

1999 — 2013

Gorizontal aylantiring yoki scroll qiling

28 qahramon

Har bir ism — bir taqdir

Xotira devori

Maktablar uchun yagona standart

Har bir umumta’lim maktabi uchun tayyorlangan «Xotira burchagi» stendi: 28 portret, unvon, tug‘ilgan yil, jasorat tavsifi va QR-kod orqali ushbu saytga o‘tish.

Xotira devori — 28 qahramon
Xotira burchagi

Portretlar maktablarga qaytmoqda

Yillar davomida maktablardagi xotira burchaklaridagi portretlar eskirdi, rangi o‘chdi. Bu loyiha qahramonlar oilalari tashabbusi bilan boshlandi: har bir qahramonning portreti qayta tiklandi, tarixi aniqlashtirildi va zamonaviy, yagona standartdagi stend ishlab chiqildi.

Maqsad — respublikadagi har bir maktabda qahramonlar xotirasi munosib e’zozlanishi va yosh avlod ularning ismini bilib ulg‘ayishi.

  • Tiklangan portretlar va tekshirilgan tarjimai hollar
  • Yagona dizayn: qorong‘i va yorug‘ variant
  • QR-kod orqali to‘liq ma’lumot